TOShKENT, 30-may — Sputnik. Dushanbeda Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida hududiy va chegaraviy masalalar bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.
Muzokaralarda Tojikiston tomonidan mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mahmadsharif Haqdod, O‘zbekiston tomonidan alohida topshiriqlar bo‘yicha elchi Ilhom Ne’matov ishtirok etadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara uzunligi 1332,9 kmni tashkil etadi. Sobiq ittifoq parchalanganidan so‘ng tojik-o‘zbek chegarasining 20 foizga yaqin chizig‘i shu kunga qadar delimitatsiya qilinmagan.
2016 yil aprelida Tojikiston va O‘zbekiston chegarachilari mustaqillik e’lon qilinganidan buyon ilk marta chegaraviy hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi, 2016-yil iyunda esa bu masala bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.