O‘zbekistonga Rossiya mehnat va bandlik federal xizmati delegatsiyasi keladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSentr zanyatosti
Sentr zanyatosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rostrud delegatsiyasi tashrif doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasida uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 31-may — Sputnik. Rossiya mehnat va bandlik federal xizmati (Rostrud) delegatsiyasi 31-maydan 3-iyunga qadar O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mer Moskvi S. Sobanin prinyal uchastie v otkritii zdaniya migratsionnogo sentra - Sputnik O‘zbekiston
Moskva Migratsiya markazi: Mehnat migrantlari qonuniy ishlashni xohlaydi

Rostrud delegatsiyasi tashrif doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasida uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Delegatsiya bundan tashqari, Toshkentdagi ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish markazi, Samarqanddagi "MAN Auto-Uzbekistan" avtomobil zavodi hamda shahardagi ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish markaziga tashrif buyuradi.

Rossiya mehnat va bandlik federal xizmati Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish borasidagi mas’uliyatli organ hisoblanadi. Rostrud ish beruvchilarning mehnat qonunchiligiga amal qilishlarini nazorat qiladi, Rossiyaga xorijdan ishchilarni jalb etish bo‘yicha takliflar tayyorlashda hamda kvotalar belgilashda ishtirok etadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Yangiliklar lentasi
0