TOShKENT, 28-may —Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi grezidentining 2017-yil 26-mayda PQ-3010-sonli, "Jeneral Motors O‘zbekiston" AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari narxlarini shakllantirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan, GM Uzbekistan avtomobillari so‘mda sotiladi.
Qarorning birinchi bandida "Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va "O‘zavtosanoat" AKning 2017-yil 1-iyundan ichki bozorda "Jeneral Motors O‘zbekiston" AJning barcha turdagi yengil avtomobillarini milliy valyuta — so‘mda sotish borasidagi taklifi ma’qullansin", — deyilgan.
Ikkinchi bandida esa, 2017-yil 1-iyungacha bo‘lgan muddatda tuzilgan barcha shartnomalar avvalgi tartib bo‘yicha amalga oshirilishi belgilangan. Shuning sohadagi ehtiyot qismlar eksportini qisqartirish, investitsiyalarni jalb qilgan holda mahalliylashtirishni chuqurlashtirish choralarini ko‘rish ta’kidlangan.
Rednews.uz xabariga asosan.