Toshkentning sobiq hokimi arxitektura qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar etib tayinlandi

© mejdunarodniy press-klubPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kozim To‘laganov Toshkent shahri hokimi, bosh vazir o‘rinbosari va Toshkent viloyati hokimi lavozimlarida ishlagan

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Kozim To‘laganov O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali.

Rabochie podgotavlivayut fundament na stroitelnoy ploshadke jilogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston
Davlat arxitektura qo‘mitasi haqida prezident qarori imzolandi

"2017 yil 30-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3020-son qaroriga muvofiq To‘laganov Kozim Nosirovich — O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari — Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi", deyiladi xabarda.

Kozim To‘laganov 1997-2001 yillarda Toshkent shahri hokimi, 2001-2004 yillarda bosh vazir o‘rinbosari va Toshkent viloyati hokimi (2005 yilgacha) sifatida ishlagan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Yangiliklar lentasi
0