Davlat arxitektura qo‘mitasi haqida prezident qarori imzolandi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishRabochie podgotavlivayut fundament na stroitelnoy ploshadke jilogo kompleksa
Rabochie podgotavlivayut fundament na stroitelnoy ploshadke jilogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qaror, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan.

TOShKENT, 2-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni "O‘zbekiston Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tashkil  qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.  

Yangi qaror, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyati tubdan takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Tashkentskiy arxitekturno-stroitelniy institut pomenyayet adres - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent arxitektura qurilish instituti yangi binoga ko‘chiriladi

Qarorda, xususan, quyidagilar tasdiqlangan:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tarkibi va tuzilmalarining o‘zaro ishlash tartibi, qo‘mita markaziy apparatining yangi tarkibi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Davlat arxitektura va qurilish inspeksiyasi tarkibi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tarkibi, Toshkent shahri hamda viloyat va tumanlardagi Davlat arxitektura va qurilish boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari;

O‘zbekiston Respublikasida arxitektura va qurilishni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar.

Yangiliklar lentasi
0