TOShKENT, 31-may — Sputnik. Moskvaning Lyublino sudi milliarder Alisher Usmonovning o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish uchun Navalniyga nisbatan da’vosini to‘laligicha qanoatlantirdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga mos kelmaydi va da’vogarning sha’ni, qadr-qimmati va obro‘sini tahqirlaydi deb topilsin. Javobgar bu ma’lumotlarni inkor etishga hukm qilinsin", — deya hukmni e’lon qildi sudya Marina Vasina.
Sud shuningdek, javobgarga korrupsiyaga qarshi rolikni o‘chirib tashlash majburiyatini yukladi. "Bunday qilinmaydi", — dedi Navalniy va sud qaroriga nisbatan norozilik bildirishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Navalniy o‘z videomurojaatida milliarder Usmonovni Rossiya bosh vaziri Medvedevga pora berishda, davlat mulkini o‘g‘irlashda, shaxtorlarga kam oylik to‘lashda va O‘zbekistonda "zo‘rlab nomusga tegish" jinoyati sodir etganlikda ayblagan edi.