Sayyor qabullarda aksariyat muammolar joyida hal bo‘ldi

© Sur’at MaxsudovViezdnie priyemi v Surxandarye i Andijane
Viezdnie priyemi v Surxandarye i Andijane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sayyor qabullar davomida Surxondaryo hamda Andijon viloyatlari aholisining 1100dan ziyod murojaatlari joyida ko‘rib chiqilib, 70%dan ziyodi ijobiy hal etildi, qolgan 30%i esa asosli deb topilib, ijro uchun muddat belgilanib, nazoratga olindi.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. 23-29 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi a’zolari Surxondaryo va Andijon viloyatlari aholisi bilan ochiq muloqot tarzida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda vazirliklar, shahar va tuman hokimliklari, prokuratura, ichki ishlar, sud organlari rahbarlari hamda boshqa tegishli boshqarma va tashkilotlardan 180 dan ziyod mutasaddilar ishtirok etdi.

Samarqand viloyatidagi sayyor qabullarda ko‘plab murojaatlar hal etildi

Tadbirlarda ta’kidlanishicha, bugungi kunga kelib, Surxondaryo viloyatidan 55 ming, Andijon viloyatidan esa 68 ming murojaat kelib tushgan.

Mazkur viloyatlardan kelgan murojaatlarning asosiy qismi uy-joy olish va uy-joy qurish uchun yer ajratish (17,2%), moddiy yordam, pensiya ta’minoti hamda bolalar nafaqasini olish (10,9%), mehnat va bandlik (7,8%), sud qarorlarining ijro etilishi (8,5%), bank-moliya va soliqqa tortish (5,1%), sudlarda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari, xo‘jalik sudlarida ishlar ko‘rilishi (4,4%), fuqarolikni qabul qilish va fuqarolikdan chiqish, pasport olish va propiskaga o‘tish (4,3%) kabi sohalarga oiddir.

Sayyor qabullar davomida Surxondaryo hamda Andijon viloyatlari aholisining 1100dan ziyod murojaatlari joyida ko‘rib chiqilib, 70%dan ziyodi ijobiy hal etildi, qolgan 30%i esa asosli deb topilib, ijro uchun muddat belgilanib, nazoratga olindi.

© Sur’at MaxsudovSurxondaryo va Andijon viloyatlarida sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi
Viezdnie priyemi v Surxandarye i Andijane - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryo va Andijon viloyatlarida sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi

75 ta ijro hujjatlari yuzasidan 82 mln. so‘mlik sud qarorlari ijro etilishi, 33 nafar fuqaroga avtomobillar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilishi, sog‘liqni saqlash sohasida 93, gaz ta’minoti bo‘yicha 41, bank sohasida 36, jumladan kredit ajratish bo‘yicha 23 murojaatning ijobiy ko‘rib chiqilishi ta’minlandi.

Misollarga murojaat qiladigan bo‘lsak, asakalik Muqaddamxon Umarova sayyor qabulda ishli bo‘ldi.

"Ish masalasi hal bo‘ldi, menga tikuv mashinasi va material berildi. Endi uyimda tikuvchilik bilan shug‘ullanib, daromad topadigan bo‘ldim", deydi u.

Bir necha yil oldin "Oltinko‘lpilla" korxonasidan nafaqaga chiqqan mehnat faxriysi Davlatbek Karimov korxonada mablag‘ yetarli bo‘lmagani uchun 7 million so‘m ish haqini ololmaganligi uchun sayyor qabulga yordam so‘rab kelgandi. Uning murojaati ijobiy hal etilib, qolib ketgan ish xaqi hammasi to‘lab beriladigan bo‘ldi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Yangiliklar lentasi
0