Moskva Migratsiya markazi: Mehnat migrantlari qonuniy ishlashni xohlaydi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMer Moskvi S. Sobanin prinyal uchastie v otkritii zdaniya migratsionnogo sentra
Mer Moskvi S. Sobanin prinyal uchastie v otkritii zdaniya migratsionnogo sentra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saxarovoda joylashgan Moskva migratsiya markazi xabariga ko‘ra, 2017-yilning birinchi kvartalida Moskvada 21 % ko‘proq patent olingan.

TOShKENT, 18 apr – Sputnik. Ushbu yilning yanvar – mart oylari natijalariga ko‘ra, mehnat migrantlari orasida patent olib qonuniy ishlashni istaydigan soni oshdi, deb xabar qilmoqda Moskva shahri Iqtisodiy rivojlanish departamenti.

Xususan, Moskva Migratsiya markazi tomonidan 85 mingta patent berilgan. Bu esa o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 21% ga ko‘p.

 

“Moskvada, patent olishning juda oddiy va oydin tartibi ishga tushirilgan. Noqonuniy vositachilar faoliyati mutlaqo mustasno qilingan”, — dedi Moskva Iqtisodiy rivojlanish departamenti rahbari Vladimir Yefremov.

Shuningdek, Yefremov aytishiga qaraganda, Moskva, shahar farovonligi uchun qonuniy ishlashga tayyor bo‘lgan har bir kishini qabul qiladi va buning uchun patent rasmiylashtirish jarayonini muammosiz va tushunarli qilishga tayyor.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

 

Yangiliklar lentasi
0