O‘zbekistonda ilk bor teletomoshabinlar soni hisoblanadi

© Sputnik / AlexTikhomirovStudiya veshaniya telekanala "Rossiya" na strani blijnego zarubejya
Studiya veshaniya telekanala Rossiya na strani blijnego zarubejya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kantar TNS kompaniyasi O‘zbekistonda televideniya autoriyasi tahlil qiladi.

TOShKENT, 30-may — Sputnik. 2017 yil 29-may kuni Toshkentda Milliy media kengashning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy media kengashi O‘zbekistonda ilk bor televidenie auditoriyasini o‘lchash bilan shug‘ullanadi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri. 

Milliy media kengash tomonidan xalqaro tashkilotlar taklif etilib, tanlov o‘tkazildi. Tanlovda Nielsen, Kantar TNS, Admosphere Group singari yirik kompaniyalar ishtirok etdi. Tanlovda dunyoda televidenie bozorida yirik bo‘lgan Kantar TNS kompaniyasi g‘olib bo‘ldi.

Kantar TNS kompaniyasi O‘zbekistonda televideniya autoriyasi tahlil qiladi.

Smartfonda yangiliklar bilan tanishish - Sputnik O‘zbekiston
Tv, radio, internet - O‘zbekiston aholisiga qay biri qiziq?

Milliy media kengash tarkibiga yetakchi teleradiokompaniyalar, kabel va raqamli axborot uzatish platformalari, xalqaro tashkilotlar, reklama agentliklar kiritildi. Shuningdek, taqdimot davomida spikerlar Milliy media kengashning maqsad va vazifalari, shuningdek, media sohadagi islohotlar bilan tanishtirib o‘tishdi.

Prezidet matbuot xizmati rahbari Asadjon Xodjayev so‘zlariga ko‘ra, davlat davlat tomonidan televideniya rivojlantirishi hamda buning uchun samarali moliyalashtirishni amalga oshirish uchun televizion o‘lchov tizimida muhimdir.

"Milliy media kengash televideniya barcha ishtirokchilar manfaatlarini inobatga oladi, bu televidenie bozorini shaffofligini va barcha ishtirokchilar uchun mustahkam iqtisodiy poydevor bo‘ladi. Televizion o‘lchov tizimi amalga oshirilganidan so‘ng ikki yil davomida televidenie bozori hajmi ikki barobarga oshishi kutilmoqda", deb qo‘shimcha qildi Milliy media kengash raisi Ravshan Jurayev.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0