TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Toshkent reklama assotsiatsiyasi O‘zbekiston media-bozorida izlanish o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Today.
So‘rovda 1700dan ortiq kishi ishtirok etdi, ularning aksariyati 20-45 yoshli fuqarolar bo‘ldi.
So‘rov najialariga ko‘ra, fuiarolarning 95% iternetga kuniga bir necha marta kirishini tasdiqlashdi. Shunikgdek ular internetga kirishda kompyuter, noutbuk va smartfon kabi turli uskunalardan foydalanishlarini ta’kidlashgan.
Televizor ishqibozlari quyidagi guruhlarga bo‘lindi: so‘ralganlarning 33% har kun hech bo‘lmasa bir marotaba teleko‘rsatuvlar tomosha qilishlarini, 19% kuniga bir necha marta tomosha qilishlarini ta’kidlashdi. 13,8% — aholi esa umuman televizor tomosha qilmasliklarini aytishdi.
Radio masalasiga kelsak, so‘ralganlarning 45% umuman radio eshitmasliklarini, 14,6 % esa kuniga bir marotaba radioeshittirishlar tinglashlarini va faqat 8% doimiy ravishda radio eshitib borishlarini xabar qilishgan.
"Toshkent reklama assotsiatsiyasi doimiy ravishda aholining media faolligini doimiy ravishda o‘ganib kelishmoqda. O‘tkazilgan ushbu so‘rov ham aholining ommaviy media vositalariga bo‘lgan talabi qanday o‘zgarib borayotganini o‘rganish uchun qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi", — deydi Assotsiatsiya vakili Anvar Yo‘ldoshev.