Qozog‘istonda Nexia R3 avtomobilini ishlab chiqarish boshlandi

© nexia-ravon.ruRavon Nexia R3
Ravon Nexia R3 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan Qozog‘iston milliy avtotransport ishlab chiqaruvchi - AllurGroup kompaniyasi bilan birgalikda Kostanay viloyatida Ravon Nexia R3 rusumli avtomashinalarni yig‘ishni boshladi.

TOShKENT, 30-may — Sputnik. "SariarkaAvtoProm" ishlab chiqarish maydonlarida Ravon Nexia R3 avtomashinasi yig‘ish ishlari boshlandi, bu haqda Qozog‘iston kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Hamkorlikning keyingi bosqichida avtomashinalar ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi. "UZAVTO AZIYa" kompaniyasi Qozog‘istondagi Ravon rasmiy distribyuteri hisoblanadi. Ushbu korxona avtomashinalarni savdo ishlari amalga oshirilib, shu jumladan, AllurAuto avtomarkazlari orqali savdo qilishadi.

RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert Qozog‘istonda Ravon avtomobili yig‘ilishi haqidagi xabarga fikr bildirdi

Biroz oldin GM Uzbekistan va "SariarkaAvtoProm" biznes forumi doirasida loyihani amalga oshirish bo‘yicha yakuniy bosqichga o‘tkanligini ma’lum qilishgan.

"General Motors Korea kompaniyasining mutaxassislari Kostanay viloyatida "SariarkaAvtoProm" da o‘tkazilgan audit xulosiga ko‘ra, ishlab chiqarish maydoni talab etiladigan sifat standartlarga javob beradi. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston va Qozog‘iston avtomashina ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi hamkorlik yangi pog‘onaga ko‘tarilganligi haqida dalolat bermoqda", — deb aytilgan xabarda.

Bugungi kunda Ravon Nexia R3 xaridorlar uchun eng qiziqish uyg‘otmoqda. Avtomashina narx-sifat jihatidan solishtirilsa xaridorlar uchun juda qulaydir. Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan avtomashinalar imtiyozli kreditlar dasturi bo‘yicha xarid qilish mumkin bo‘ladi.
2017 yil 4 oy hisob-kitoblarga ko‘ra, Ravon Nexia R3 qozog‘istonlik xaridorlari uchun eng ommabop bo‘lgan yengil avtomashinalar ro‘yxatida yuqori o‘rin oldi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0