Ekspert Qozog‘istonda Ravon avtomobili yig‘ilishi haqidagi xabarga fikr bildirdi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishRAVON
RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda yiliga 7 ming donagacha Ravon avtomobillarini yig‘ish rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Qozog‘istonlik avtomobil sohasi jurnalisti Roman Maslennikov o‘zbek avtomobillari qozog‘istonlik xaridorlarni nimasi bilan o‘ziga jalb etishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Avtomobil konveyeri - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda o‘zbek avtomobillari ishlab chiqariladi

Qozog‘istonda yiliga 7 ming donagacha Ravon avtomobillarini yig‘ish rejalashtirilmoqda. Ekspertning fikricha, aksariyat ishlab chiqaruvchilar bugungi kunda yangi qoidalar — avtomobillarni GLONASS navigatsiya tizimi va yangi xavfsizlik tizimi bilan jihozlash shartligi sababli Qozog‘iston avtobozorini tark etishmoqda.

Qator ishlab chiqaruvchilar bozordan chiqib ketdi va endilikda ayrim kompaniyalar mamlakat avtobozoriga kirib kelmoqda. Buning ustiga, mamlakatning o‘zida avtomobil yig‘ish foydaliroqdir.

"Agarda avtomobil Qozog‘istonda yig‘ilmasa — boj to‘lovlari yirik miqdorda bo‘lgani bois ishlab chiqaruvchilarning daromad olish imkoniyati yo‘qqa chiqadi", — dedi ekspert.

Ravon R2 sotuvi qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lishini bozor ko‘rsatadi, deb hisoblaydi Maslennikov. Lekin avtomobilning jihozlanishi va narxi xaridorni chorlashi aniq — Qozog‘istonda bu narxga avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan mashinani topish qiyin.

Yangiliklar lentasi
0