Muqobil energiya sohasini rivojlantirishga 5,3 mlrd $ sarflanadi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 2017-2021 yillarda qayta tiklanadigan energiya manbaalarini rivojlantirish dasturini tasdiqladi.

TOShKENT, 30-maya — Sputnik. Qabul qilingan yangi hujjat O‘zbekiston uchun muhim bo‘lgan bir necha vazifalarni hal qiladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. 

Yangi qaror O‘zbekistonda muqobil manbaalar hisobidan odatiy elektr manbaalari hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish imkonini beradi.

Iqtisodning energiya va xom-ashyoga bo‘lgan talabini qisqartirish va energiya tejovji texnologiyalarni qo‘llash, mehnat samaradorligini oshirish, yaqin kelajakning yana bir muhim masalasiga aylanadi.

Ushbu dastur doirasida O‘zbekiston 2025-yilga qadar umumiy qiymati 5,3 milliard dollar bo‘lgan 810ta loyiha amalga oshirishi kerak.Loyihalar orasida O‘zbekistonning 25ta eng yirik  korxonalarida energiya sarflashni kamaytirish ham rejalashtirilgan.

Undan tashqari  ijtimoiy sohalarda va qishloq xo‘jaligida ham yangi texnologiyalarni kiritish rejalashtirilgan. Xususan, yaqin 5-yil ichida budjet tashkilotlarida o‘rnatilgan 17251ta isitish qozonlarini almashtirish rejalashtirilgan.Ushbu tadbir 56,5 million kub tabiiy gazni iqtisod qilish imkonini beradi.

Quyosh elektrostansiyasi - Sputnik O‘zbekiston
“Yashil energiya”dan foydalanuvchilar ortiqcha quvvatni davlatga sotishlari mumkin

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 879ta nasos va1523 ta elektr dvigatellarini samaraliroq uskunalarga almashtirishi kerak bo‘ladi.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan 314 milliarda so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, 2025-yilga qadar O‘zbekistonda muqobil energiya manbai 12,7%dan  19,7%ga yetishi kerak. Muqobil energiya tarkibida quyosh energiyasi ulushi 2,3%ga, shamol energiyasi ulushi — 1,6%ga yetadi.

Shuningdek, ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan energiya hisobidan har yili 9,79 mln tonna shartli yonilg‘i miqdorida energiya tejash kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0