Andijon va O‘sh viloyatlari chegarasida topografik va yer tuzish ishlari bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovKontrolno propusknoy punkt na granitse s Kirgizstanom
Kontrolno propusknoy punkt na granitse s Kirgizstanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasi uchastkalarida kameral ishlar olib borildi

TOShKENT, 30-may — Sputnik. Andijon viloyati bilan Qirg‘izistonning O‘sh viloyati tutashgan hududlardagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasida qo‘shma topografik va yer tuzish ishlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tojikiston va O‘zbekiston chegara masalalariga nuqta qo‘yishadi

Xabarda bildirilishicha, 21-26 may kunlari Qirg‘izistonning Jalol-Obod shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumat delegatsiyalarining O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruhlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasi uchastkalarida kameral ishlar olib borildi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Andijon viloyati bilan Qirg‘izistonning O‘sh viloyati tutashgan hududlardagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasida qo‘shma topografik va yer tuzish ishlari bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha oraliq Shartnoma loyihasi tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Yangiliklar lentasi
0