TOShKENT, 30-may — Sputnik. Qozog‘istonga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarning kirib kelishi keskin oshdi, deb xabar bermoqda finprom.kz.
Xabarda aytilishicha, 2017-yil boshidan buyon O‘zbekiston Qozog‘iston import bozorining 11,5 foizini egallashga ulgurgan. Yilning dastlabki uch oyi davomida Qozog‘istonga 2,3 mln dollarlik 480 dona mashina kirgan.
Rossiya avtomobillari importi esa 24 foizga qisqargan. Yanvar-mart oylari davomida 3100 dona mashina import qilingan.
Eslatib o‘tamiz, shu bilan birga Qozog‘istonning Kostanay viloyatida 2017-yilda xitoylik va o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda 10 ming dona avtomobil yig‘ishga qaror qilingandi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.