TOShKENT, 24 yanv – Sputnik. Qozog‘istonning Kostanay viloyatida 2017-yilda xitoylik va o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda 10 ming dona avtomobil yig‘ishga qaror qilingan, deb xabar qilmoqda alau.kz nashri.
“TOO “SarqarkaAvtoprom” “O‘zavto” bilan hamkorlikda Kostanay viloyatida yengiil avtomobillar va avtobuslarni yirik-uzelli ishlab chiqarishga kelishib olishdi. Kelajakda ushbu soha uchun maxsus Industrial zona qurilib, u yerda lokalizatsiya darajasi 50%ga yetkiziladi”, — dedi Kostanay akimi o‘rinbosari Roza Kemalova.
“Hozir biz ikki yo‘nalishda rivojlanmoqdamiz. Xitoylik hamkorlar bilan JAC S3, JAC S5 avtomobillari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu yilning o‘zida 3 mingta shunday avtomobillar ishlab chiqariladi”, — dedi Kostanay viloyat akimi (hokimi) Arximed Muxambetov.
Hokim aytishiga qaraganda, asosiy urg‘u uncha qimmat bo‘lmagan yengil avtomobillarga beriladi. Bu borada o‘zbekistonlik korxonalar bilan hamkorlik qilishan katta umid qilinmoqda.
Qozog‘istonda Ravon avtomobillari o‘rtacha 8000 $ turadi, Lada Priora esa — 10500 $. Ustiga ustak Ravon avtomobillarining sifati juda yaxshi. O‘zbekistonlik hamkorlar bilan yiliga 7 ming dona avtomobil yig‘ish haqida kelishib oldik. Dastlab yirik uzelli yig‘ish bilan shug‘ullanamiz, keyin esa, to‘liq yig‘ish jarayoniga kirishishga umid qilmoqdamiz”, — dedi viloyat rahbari.
2017 yilda Kostanay viloyati 2016-yilga qaraganda 2 baravar ko‘p avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Viloyatda shuningdek Peugeot, SsangYong va boshqa markalar ham ishlab chiqariladi.