O‘zbekiston va Turkmaniston o‘z chegarasini hamkorlikda rasmiylashtirapti

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston - Turkmaniston hukumatlararo komissiya ishchi guruhi 2017-yil uchun dala tekshiruvlari ish rejasini kelishib oldi

TOShKENT, 8-maya — Sputnik. O‘zbekiston va Turkmaniston hukumatlararo komissiya ko‘shma chegaralarini jihozlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi va 2017-yil uchun ish rejasi kelishib olindi.

"2017 yil 1-5 may kunlari Toshkentda O‘zbekiston — Turkmeniston davlat cheralarini delimitizatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasi Huqumatlaro komissiyasi qo‘shma ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi", — deyilgan xabarda.

Matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, muzokalar yakuni bo‘yicha uchrashuv bayonoti imzolandi va 2017-yil dala ishlari rejasi kelishib olindi. Yig‘ilishi a’nanaviy do‘stona va o‘zaro tushunish muhitida bo‘lib o‘tdi, deyilgan xabarda.

"Joriy yil 6-7 mart kunlari Shavkat Mirziyovning Turumanistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida, O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegaralarini qonuniy rasmiylashtirish bo‘yicha muzokaralar jadal ravishda amalga oshirilmoqda", — deyilgan O‘zbekiston TIV xabarida.

Avval, mart oyi yakunida O‘zbekiston Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar qayta boshlangan, deb yozadi RIA Novosti.

Uzbekskiy pogranichnik - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek-qirg‘iz chegarasida noxush hodisa yuz berdi
Eslatib o‘tamiz, 2017-2021 yilda O‘zbekiston rivojlantirish strategiyasi amalga oshirish doirasida tegishli vazirlik va idoralarga 2017-yil 1 chorakda davlat chegarasi delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida ish-rejasini ishlab chiqish to‘g‘risida topshiriq berilgan. Xususan, rejada Tojikiston va Turkmaniston davlat chegaralari bo‘yicha kelishilmagan qismlarini qonuniy rasmiylashtirish bo‘yicha muzokaralar jarayonini qaytadan boshlash ko‘zda tutilgan.

Sobiq ittifoq parchalanib ketgandan keyin, O‘zbekiston chegaralari qo‘shni davlatlar bilan yakuniy kelishib olinmagan. Bular o‘z navbatida chegara nizolari kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Masalan, so‘nggi yillarda davlat chegarasi yaqinida bir necha o‘nlab qurol qo‘llangan noxush voqealar sodir bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev tashqi siyosat yo‘nalishida ustuvor vazifalar sifatida mintaqada qo‘shnichilik munosabatlarni mustahkamlash masalalari bilan shug‘ullanishni boshladi, davlat chegaralarini qonuniy rasmiylashtirish masalalarini uchun qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0