Tovlamachilik bilan shug‘ullangan koloniya xodimi qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Koloniya xodimi 1200 dollar pul olayotgan paytda qo‘lga olindi. Ayna ushbu pul mablag‘i evaziga koloniya xodimi jazoni o‘tayotgan shaxs qarindoshlariga ayrim imtiyozlar berishini va’da qilgan.

TOShKENT, 29-may — Sputnik. MXX tezkor xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda Toshkent viloyati IIB 52-sonli jazoni o‘tash koloniyasi otrad boshlig‘i, serjant Sherzod Sultonov 1200 dollar pulni olayotgan paytda qo‘lga oldi.

Koloniya xodimi koloniya mahbus qarindoshidan, uni yengilroq bo‘lgan ishga o‘tkazish va kelgusi amnistiyaga tushishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritib qo‘yishi uchun pul talab qilgan.

Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
MXX xodimlari mansabdorni 3500 dollar pora olayotgan vaqtida ushlashdi

"Hozirgi kunda Bosh prokuratura departamenti tomonidan Sherzod Sultonovga nisbatan Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari amalga oshirilmoqda,"- deb ta’kidladi MXX xodimi.

So‘ngi yillarda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha huquqiy tizimni shakllashtirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, bunda ayniqsa Ichki ishlar vazirligi jazoni o‘tash organlari tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ko‘rilayotgan choralar fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda ichki ishlar organlarining ish faoliyat samaradorligi oshiriladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0