MXX xodimlari mansabdorni 3500 dollar pora olayotgan vaqtida ushlashdi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U ko‘chmas mulk obyektlarini "nol" qiymati bo‘yicha rasmiylashtirish va olib berishda yordamlashish evaziga pul talab qilgan

TOShKENT, 26-may — Sputnik. Sirdaryo viloyati Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari mazkur viloyat xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Norboyevni pora olayotgan vaqtda ushladilar, deb ma’lum qildi kuch tizimi vakili Sputnik muxbiriga.

MXX vakilining aytishicha, mansabdor 3500 dollar pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. U ko‘chmas mulk obyektlarini "nol" qiymati bo‘yicha rasmiylashtirish va olib berishda yordamlashish evaziga pul talab qilgan.

ruki naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Xorazmda tuman hokimi o‘rinbosari pora olgani uchun qamaldi

"Zimmasida foydalanilmayotgan korxonalarda ishlab chiqarishni tiklash majburiyati bo‘lgan bu mansabdor vositachi D.Qurbonov orqali pora olgan. Norboyev dastlabki surishtiruv chog‘ida qilmishiga iqror bo‘ldi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda", — dedi kuch tizimi xodimi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston hukumati xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga qator imtiyozlar berilmoqda. Qator muassasa va vazirliklarda tegishli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Biroq lavozimni faqat o‘z cho‘ntaklarini qappaytirish vositasi deb biladiganlar ham uchrab turibdi. Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari hokimiyat organlari tizimidagi ana shunday shaxslarga qarshi faol kurash olib bormoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0