Shavkat Mirziyoyev AQShga tashrif rejalashtirmoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Nyu-York
Goroda mira. Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yilning sentabr oyida O‘zbekiston prezidenti AQShga tashrif rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 29 may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu yilning sentabr oyida AQShga rasmiy tashrif uyushtirishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 21-22 mayda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida amerika prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgan edi. O‘shanda AQSh prezidenti O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlarga yuqori baho bergan edi.

Prezidenti Uzbekistana i SShA - Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan uchrashdi

Tashrif ushbu yilning 12-14 sentabr sanalari orasida bo‘lib o‘tishi ehtimoldan xoli emas, chunki 13-sentabr kuni Nyu Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi yig‘ilishining yetmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Aytish joizki, O‘zbekiston oliy rahbariyatiya AQShga rasmiy tashrif bilan so‘nggi bor 2002-yilda borgan edi. O‘shanda O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov Jorj Bush taklifiga binoan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib Oq uyda muzokaralar o‘tkazgan edi.

Yangiliklar lentasi
0