TOShKENT, 23-maya — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni qiroli Salmon Abdulaziz Ol-Saud bilan muloqotda bo‘lib, unga ushbu nufuzli forumga qilgan taklifi uchun minnatdorlik bildirdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
Undan tashqari sammit davomida Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi va suhbat qurdi. Suhbat davomida Tramp O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi.
Shuningdek, sammit davomida Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashib, davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashdi.
Ushbu forum ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, bag‘rikenglik g‘oyalarini ilgari surish, xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlandi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.