Qiymati 100 ming $dan oshmagan eksport shartnomalari uchun imtiyozlar berildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining 25-mayda e’lon qilingan PQ-5057-sonli qaroriga binoan, qiymati 100 ming dollargacha bo‘lgan eksport shartnomalarini amalga oshirish yengillashtirildi.

TOShKENT, 29-may – Sputnik. O‘zbekiston eksport salohiyatini yanada oshirish, ishlab chiqaruvchi korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish  maqsadida, eksport shartnomalari uchun bir qator majburiy amalotlar bekor qilindi.

Xususan, tovar va xizmatlar eksport qiluvchi xo‘jalik subyektlari 2017-yilning 1-iyunidan boshlab oldindan to‘lov amalga oshirish, akkreditiv ochish, bank kafolati olish hamda eksport shartnomasini sug‘urtalash quyidagi majburiyatlardan ozod qilinadi.

Faqat ho‘l meva-sabzavootlar, uzum va poliz mahsulotlari hamda xom ashyo eksport qiluvchi korxonalar bundan mustasno.

Masopererabativayushee predpriyatie APX Miratorg v Branskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Go‘sht eksport qilishga ruxsat berildi

Ushbu imtiyozlardan foydalanish uchun shartnoma umumiy qiymati 100 ming dollardan oshmasligi kerak. Valyuta tushumi tovar eksportidan keyin 90 kun ichida tushishi kerak.

Shuningdek, ushbu qarorga ko‘ra zargarlik buyumari eksporti uchun Vazirlar Mahkamasidan maxsus ruxsatnoma olish sharti ham bekor qilinadi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0