Buxoroda maydoni 1 gektardan ortiq bo‘lgan tarix muzeyi quriladi

Obuna bo‘lish
Muzey qurilib, ishga tushirilsa, "Ark" qo‘rg‘onida saqlanayotgan noyob eksponatlar u yerga ko‘chiriladi

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Buxoro tarixi davlat muzeyi loyihasini ko‘zdan kechirdi.

1,2 gektar maydonni o‘z ichiga oluvchi ushbu muzey qurilishiga budjet mablag‘lari hisobidan 68,3 milliard so‘m sarflanishi mo‘ljallanmoqda, deb xabar bermoqda uz24uz.

Buxoroda minglab ish o‘rinlari yaratiladigan 13ta yirik sanoat loyihasi ishga tushiriladi

Muzey qurilib, ishga tushirilsa, "Ark" qo‘rg‘onida saqlanayotgan noyob eksponatlar u yerga ko‘chiriladi. Oltmishdan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Prezident muzeyni jahon standartlariga mos jihozlash, zamonaviy texnologiyalar o‘rnatish, bu yerga keluvchilarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev madaniy meros obyektlarining bugungi kundagi holati va ularni saqlashga doir loyihalar taqdimotlari bilan ham tanishdi.

Yangiliklar lentasi
0