TOShKENT, 27-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi M.T.O‘rozboyev nomidagi mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti mutaxassislari harakatlanayotgan transport vositasining mexanik energiyasini elektr energiyasiga aylantirish borasida o‘ziga xos ixtiroga erishdilar, deb xabar beradi O‘zbekiston intellektual mulk agentligi matbuot xizmati.
Ixtiro harakatlanayotgan transport vositasining mexanik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi, qaytma-ilgarilama harakat qila olish imkoniyati bilan bajarilgan, tok generatorli murakkab qurilma va platforma ko‘rinishidagi transport vositasining o‘tishi uchun moslamadan iborat.
Bu qurilma va moslamaning ish jarayonida, ya’ni platformali moslamaning ustida transport harakatlanganda tok generatorida elektr energiyasi hosil bo‘ladi.
Ixtironi transport vositalari gavjum joylarda qo‘llash evaziga muqobil elektr energiyasi manbai hosil qilish mumkin bo‘ladi.
Bu ixtiro uchun G.Annakulova, M.Radkevich, B.Sattarov, B.Astanovdan iborat ixtirochilar guruhi FAP 01194 raqamli patent oldilar.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.