O‘zbekistonlik qorilar Rossiya masjidlarida tarovih namozlarini o‘qib berishadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Uraza-bayrama v Moskve
Prazdnovanie Uraza-bayrama v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, safar davomida ular Rossiya Federatsiyasi shaharlarida tashkil etiladigan diniy marosimlarda ishtirok etishlari kutilyapti

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Bu yil ham o‘tgan yillarda bo‘lgani kabi bir qator qorilarimiz joriy yil Ramazon oyida tarovih namozlarini o‘qib berish uchun Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb-portali.

Shater Ramadana v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada barcha uchun Ramazon Chodiri ochiladi

Rossiya musulmonlari diniy jamiyati taklifiga binoan 26-may kuni Chilonzor tumani bosh imom-xatibi Husniddin Abdukarimov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasi xodimi Farrux Xudoyberdiyev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Ta’lim bo‘limi xodimi Mirodil Xaydarov, Shayxontohur tumani "Dorus-Salom" masjid noib-imomi Islom Ubaydullayev, Chilonzor tumani "Qatortol" masjidi imom-xatibi Abror Alimov va Yashnobod tumani "Ali ibn Abu Tolib" masjidi noib-imomi Nurilla Mirsodiqov Moskva shahriga safarga otlandi.

Qorilarimiz muborak oy davomida Rossiya Federatsiyasi shaharlarida musulmonlarga tarovih namozlarida xatmi Qur’on o‘qib beradilar.

Shuningdek, safar davomida ular Rossiya Federatsiyasi shaharlarida tashkil etiladigan diniy marosimlarda ishtirok etishlari kutilyapti.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0