Moskvada barcha uchun Ramazon Chodiri ochiladi

© islam.ruShater Ramadana v Moskve
Shater Ramadana v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muqaddas Ramazon kunlari Moskvadagi «Poklonnaya gora” bog‘ida, Xotira masjidi yonida XII Ramazon Chodiri ish boshlaydi. Millati va dinidan qat’iy nazar, har bir kishi ushbu Chodirga iftorlik uchun kelishi mumkin.

TOShKENT, 24-may – Sputnik. Bu yil Moskvada 12-marta Ramazon Chodiri ochiladi. Har bir kishi 26-may soat 17:30 dan boshlab muqaddas Ramazon oyining har kuni  Moskvadagi «Poklonnaya gora» bog‘ida, Xotira masjidi yonida tortiladigan ulkan iftorlik dasturxonga tashrif buyurishi mumkin.

Ramazon Chodiri bu — Rossiya musulmonlar diniy idorasi hamda Moskva hukumati tomonidan har yili Ramazon oyi davomida tashkil qilinadigan madaniy-xayriya tadbiridir. Ramazon

© shater-ramadana.ruShater Ramadana v Moskve 2016
Shater Ramadana v Moskve 2016 - Sputnik O‘zbekiston
Shater Ramadana v Moskve 2016

Chodiri «Poklonnaya gora» bog‘ida, Xotira masjidi yonida, Minskaya d.2B, manzilida joylashgan bo‘lib, kun botishi bilan bu yerga minglab kishilar birgalikda iftor qilish va sahnadan turli milliy musiqalar va ma’ruzalar tinglash uchun jamlanadi.

Barcha mehmonlarni bu yerda xilma-xil taomlar, katta ekranda namoyish etilayotgan qiziqarli videolavhalar, ko‘ngilli xizmat qiluvchi xushmuomala yoshlar,  madaniy-ma’rifiy dasturlar hamda xushko‘ngil kayfiyat kutib oladi.

Har yili Chodirga turli millat va dinga mansub, davlat rahbarlari, taniqli siyosatchilar va artistlar, olimlar, biznesmenlar va boshqa kishilar tashrif buyuradi.

Butun muqaddas Ramazon oyi davomida xizmat ko‘rsatadigan Ramazon Chodirining o‘lchami yildan-yilga kengayib bormoqda.

Ramazon chodiri, bu – musulmon mehmendo‘stligining namunasidir.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

 

Yangiliklar lentasi
0