TOShKENT, 23-maya — Sputnik. O‘zbekistonda dollar va yevro kursi o‘sishda davom etmoqda. O‘zbekiston markaziy banki bugun 1 Dollar — 3820,46 so‘m, 1 Yevro – 4245,83 sum miqdorida belgiladi.
Shuni aytib o‘tish kerakki oxirgi vaqtda AQSh dollari O‘zbekiston bozorida sezilarli darajada o‘smib bormoqda. Xususan, dollar kursi haftasiga o‘rtacha 10-30 so‘mgacha oshib bormoqda. Yil boshidan buyon rasmiy kurs 600 so‘mga oshdi.
Dollarning qora bozordagi kursi ham o‘tgan hafta yangi rekord natijalar qayd qilib 8 mingdan oshib ketgan edi.
Dollarning rasmiy kursidan valyuta ayrboshlash, buxgalteriya hisoboti, statistika va bojxona to‘lovlarini hisoblash maqsadlari uchun foydalaniladi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.