Xorazmda tuman hokimi o‘rinbosari pora olgani uchun qamaldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishruki naruchniki
ruki naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudi Xorazm viloyati Honqa tumanidagi ikki mansabdor ustidan hukm chiqardi

TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Honqa tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Shomurot Qurozov hamda yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i Umidjon Yoqubov uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini ajratishda o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish maqsadida reja tuzishgan.

Ular xususan, tanlangan uchastkadagi uy qurish uchun ajratilgan joyni boshqa qulayroq, magistral yo‘li yaqiniga ko‘chirishda pul ishlab olishni ko‘zlashgan. Biroq qonunchilikka ko‘ra, yer hosildorligi 55 balldan yuqori bo‘lganligi bois yangi joyda qurilish qilish taqiqlangan bo‘lgan.

"Mansabdorlar oddiy yo‘lni o‘ylab topishadi — ular ushbu yer uchastkasida uy-joy qurishni rejalashtirgan fuqarolardan pul olishni hamda bu pulni yerlarning hosildorlik darajasini pasaytirib ko‘rsatish uchun tegishli amaldorlarga pora sifatida berishni maqsad qilishadi", — deyiladi sud xabarida.

Pora olgan shaxs - Sputnik O‘zbekiston
20 ming dollar pora so‘ragan mansabdor qo‘lga olindi

Natijada kerakli pul olingach, hokim o‘rinbosari O‘zbekiston davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi xodimi Gamzad Ro‘ziyevga 4 ming dollar, Yoqubov esa O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazi kichik ilmiy xodimi Aliyor Qorayevga 8 ming dollar pulni pora sifatida beradi.

Shundan so‘ng yuqorida ko‘rsatilgan mansabdorlar magistral yo‘l chetidan tanlangan yer uchastkalarining mahsuldorlik darajasini rasmiy hujjatlarda noqonuniy ravishda pasaytirib ko‘rsatadilar.

Sud Shomurot Qurozovni 8, Umidjon Yoqubovni 6-yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. Bundan tashqari, jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudi tomonidan Aliyor Qorayev 3-yilga ozodlikdan mahrum qilinishi haqida, Gamzad Ro‘ziyev esa 7,8 million so‘m jarima to‘lashga hukm qilindi. Shu bilan birga barcha sudlanuvchilar 2,6 yildan 3-yilgacha muddat davomida rahbarlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etildi.

Yangiliklar lentasi
0