"Urgut" EIZda o‘zbek-turk korxonalari tashkil etilishi mumkin

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaZamestitel premyer-ministra Tursii Yildirimom Tugrul Turkesh
Zamestitel premyer-ministra Tursii Yildirimom Tugrul Turkesh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda to‘qimachilik, charm, kimyo va farmatsevtika, qurilish materiallari sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va boshqa yo‘nalishlarda yuqori texnologiyali zamonaviy korxonalarni tashkil etish bo‘yicha Turkiyaning yetakchi kompaniyalari bilan amaliy hamkorlik kengaytiriladi

TOShKENT, 26-may  — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Yildirim Tug‘rul Turkesh bilan Turkiyaning yetakchi kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Yildirim Tug‘rul Turkesh Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning to‘rtinchi majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

O‘zbekiston va Turkiya 2 mlrd $lik loyihalar amalga oshiradi

Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlik va muloqotlar faollashayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning 2016-yil 17-18 noyabr kunlari Samarqand shahriga tashrifi chog‘ida va joriy yil 14-may kuni Pekin shahrida o‘tgan "Bir makon, bir yo‘l" xalqaro forumi doirasida oliy darajadagi samarali uchrashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yuqori sur’at bag‘ishlagani va yangi imkoniyatlar yaratgani ta’kidlandi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda to‘qimachilik, charm, kimyo va farmatsevtika sohalari, qurilish materiallari sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va boshqa yo‘nalishlarda, jumladan, "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi doirasida yuqori texnologiyali zamonaviy korxonalarni tashkil etish bo‘yicha aniq loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun Turkiyaning yetakchi kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Turkiya madaniyat, iqtisod va savdo delegatsiyalari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Turizm sohasida o‘zaro hamkorlik, xususan, zamonaviy sayyohlik obektlari infratuzilmasini rivojlantirish, birgalikda sayyohlik mahsulotlarini taklif etish, sohada malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.

Toshkentda O‘zbekiston va Turkiya kompaniya hamda korxonalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi va Investitsiya forumi natijalari, o‘zaro sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlari va qariyb 2 milliard dollarlik hamkorlik loyihalari belgilangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yildirim Tug‘rul Turkesh Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning yuksak hurmati va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Turkiya kompaniyalarining O‘zbekistonda faoliyat yuritishi qo‘llab-quvvatlanayotgani va yaratilgan qulay sharoitlar uchun Turkiya rahbariyati nomidan minnatdorlik bildirdi va keng ko‘lamli o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0