TOShKENT, 25-may — Sputnik. 2017-yil 25-may kuni Toshkentda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha to‘rtinchi hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov va Turkiya bosh vazir o‘rinbosari Tug‘rul Turkesh o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivoshlantirish masalalari muhokama qilishdi.
"O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda o‘zbek-turk biznes-forumi yakunlari bo‘yicha tikuvchilik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish hamda bank sohasilariga oid, umumiy qiymati 2 mlrd $dan ortiq 30 ta loyihalar bo‘yicha hujjatlar to‘plami va bitimlar imzolandi" — dedi bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov.
"Hukumatlararo komissiya yig‘ilishlarini o‘tkazilishi uzoq muddatli tanaffuzdan so‘ng mamlakatimiz prezidentlarining erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy qadam bo‘ldi", — deb ta’kidladi Turkiya Bosh vazir o‘rinbosari Tug‘rul Turkesh.
Turkiya Bosh vazir o‘rinbosari T.Turkeshning so‘zlariga ko‘ra, erishilgan kelishuvlar tufayli 2017-yilda ikki tomonlama tovar aylanmasini 1,4 mlrd $ga yetkazish imkonini beradi. 2016-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar aylanmasi 1,2 milliard dollarni tashkil qilgan.
"Yana bir ustuvor yo‘nalishlardan biri bu turizm sohasida hamkorlik qilish" — deb qo‘shimcha qildi O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari R.Azimov. O‘zbekiston qadimiy shaharlarida zamonaviy mehmonxona komplekslarini qurilish, sayohlik infratuzilmani rivojlantirish, turizm sohasida malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish borasida kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda turkiyalik investitsiyalar ishtirokida 441 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 94 tasi to‘liq Turkiya sarmoyasi asosida tashkil qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yil noyabr oyida Samarqandda Turkiya prezidenti T.Erdo‘g‘on O‘zbekiston prezidenti Sh.Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazilgan edi. Shu yerda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" muhokama qilingan edi.
2017 yil 26-fevral — 2-mart kunlari O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari R.Azimov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaga amalga oshirilgan tashrif davomida iqtisodiyotning turli sohalar bo‘yicha 1 mlrd $dan ortiq bo‘lgan shartnomalar imzolangan edi. Oxirgi komissiya yig‘ilishi 2008-yilda Anqara shahrida o‘tkazilgan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.