TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tuzilmasida Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi tashkil etiladi, deb xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.
O‘quv markazining asosiy vazifasi biznes yuritish va biznes-rejalarni ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa yo‘nalishlarda xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish hamda yetakchi ichki va xalqaro dasturlar asosida xususiylashtirilgan korxonalarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, xususiylashtirilgan korxonalar rahbarlari va ishlab chiqarish-texnik xodimlari malakasini muntazam ravishda oshirib borishdir.
Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazining yuridik manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 55-uy.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.