MXX Samarqanddagi litsey direktori o‘rinbosarini qo‘lga oldi

Obuna bo‘lish
MXX ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs Samarqand harbiy-qurilish akademik litseyiga o‘qishga kiritish uchun pul talab qilish bilan shug‘ullangan

TOShKENT, 26-may — Sputnik. MXX tezkor xodimlari Samarqand viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda Samarqand harbiy-qurilish akademik litseyiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pul talab qilgan direktor o‘rinbosari Shavkat Ergashevni qo‘lga oldilar.

AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Samarqanddagi oliy o‘quv yurti professori 5500 $ pora bilan qo‘lga tushdi

MXX ma’lumotiga ko‘ra, u mazkur nufuzli litseyga o‘qishga kiritib qo‘yishga yordam berish evaziga muntazam ravishda tovlamachilik yo‘li bilan fuqarolardan pul talab qilish bilan shug‘ullangan.

"Shavkat Ergashev o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, litseyga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun yordam berishi evaziga Samarqand viloyatida yashovchi 3 kishidan 3900 dollar pul talab qilgan. Ergashev o‘z xizmat xonasida talab qilingan pulni olayotganda qo‘lga olindi", — dedi MXX xodimi.

Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan Sh.Ergashevga nisbatan Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0