TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston maxsus xizmati xodimlari Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti "Kasb ta’limi va o‘qitish metodikasi" kafedrasi mudiri Sayidahmedov Nuralini poraxo‘rlik bilan qo‘lga olishdi. Bu haqda Sputnik muxbiriga MXX vakili xabar qildi.
"Masalan, Samarqand qishloq xo‘jaligi institutining bir o‘qituvchisidan o‘zi yaratgan muammoni hal qilish uchun tamagirlik yo‘li bilan 5500 dollar pul talab qilgan. Natijada, N.Sayidaxmedov o‘z xizmat xonasida 5500 dollar pulni olish jarayonida qo‘lga olindi,"- deb ta’kidladi MXX xodimi.
Prokuratura organlari tomonidan qo‘lga olingan shaxs ustidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.