O‘zbekiston mudofaa vaziri Rossiya asosiy strategik sherik ekanligini aytdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishRossiya mudofaa vazirligi
Rossiya mudofaa vazirligi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston mudofaa vazirlari harbiy va harbiy-texnik hamkorlik ikki davlat xavfsizligi uchun muhim ekanligini ta’kidladilar

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Rossiya O‘zbekiston uchun asosiy strategik hamkor bo‘lib qoladi, dedi O‘zbekiston mudofaa vaziri general-polkovnik Qobul Berdiyev  Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvda.

"Bizni Rossiya bilan juda ko‘p narsa bog‘lab turadi. Hattoki aytish mumkinki, nafaqat bog‘lab turadi, balki biz qaysidir ma’noda ajralmaganmiz. Ehtimol, hamkorligimiz unchalik faol bo‘lmagan davrlar bo‘lgandir, lekin biz hamisha Rossiya bilan birgamiz va Rossiya biz uchun asosiy strategik hamkordir", — deya Berdiyevning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Tank T-64BV. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston harbiy-texnik hamkorlik shartnomasi imzolashdi

U shuningdek 2012-yilda to‘xtab qolgan o‘zbek ofitserlari va kursantlarining Rossiya harbiy o‘quv yurtlarida ta’lim olishlari yana yo‘lga qo‘yilganligi uchun minnatdorlik bildirdi.

"Biz Suriyada sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatmoqdamiz, Rossiya Federatsiyasining muvaffaqiyatlarini, Rossiya butun dunyoga namoyish etayotgan qurol, texnika va yangi texnologiyalarning kuchini ko‘rib turibmiz", — dedi O‘zbekiston mudofaa vaziri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bilan harbiy hamkorlik borasidagi tadbirlar soni yildan yilga oshayotganligi "bizni quvontiradi".

"2017 yil uchun tadbirlar soni ikki martaga oshdi va biz harbiy hamkorlik bo‘yicha 36ta tadbirga erishdik", — dedi Berdiyev.

O‘z navbatida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu O‘zbekiston va Rossiyada har ikki davlat xavfsizligi uchun harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirish uchun istiqbol va imkoniyatlar mavjud ekanligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0