Toshkentlik yigitning fotosurati ikki oy Parij aeroportlarida ilinib turadi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishVid na Parij
Vid na Parij - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parij Fransuz instituti tomonidan o‘tkazilgan tanlovda o‘zbekistonliklar faol bo‘lishdi va ishtirokchilar soni bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinni egalladi

TOShKENT, 26-may — Sputnik. Shu yilning 1-martidan 30-apreliga qadar Parij Fransuz instituti tomonidan "Et en plus, je parle français!" (Shuningdek, men fransuzcha gapiraman) xalqaro fotokonkursi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda nuz.uz.

Unda fransuz tilida gaplasha oladigan yoki bu tilni o‘rganayotgan har qanday kishi qatnashishi mumkin edi.

Tanlov shartiga ko‘ra, ishtirokchilar "Et en plus, je parle français!" kampaniyasining yangi yuzi bo‘lish va Parijga sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun "Et en plus, je parle français!" yozuvli plakat bilan tushgan fotosuratlarini yuborishlari lozim edi. Shu bilan birga ishtirokchi "Avec le français, je… " (Men fransuz tili orqali…) iborasi bilan boshlanuvchi biror jumlani yozishi kerak edi.

Shoazim Minovarov - Sputnik O‘zbekiston
Shoazim Minovarov Fransiya milliy ordeni bilan taqdirlandi

Tanlovda butun dunyodan 1449 kishi qatnashdi. Yoqimlisi, o‘zbekistonliklar unda faol bo‘lishdi va ishtirokchilar soni bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinni egalladi.

Argentinalik Antonio Hernandez Bautista g‘olib deb topildi. U Parijga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi hamda uning fotosurati yoz davomida Parij aeroportlarida ilinib turadi.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi Feruz Qoraboyev esa ikkinchi o‘ringa loyiq deb topildi.

Feruzga planshet sovg‘a qilinadi, Parij aeroportlarida uning fotosurati tushirilgan 2x4 metrli bannerlar ikki oy davomida ilinib turadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0