TOShKENT, 25-may — Sputnik. Toshkent viloyati IIB xodimlari bolalar sog‘lomlashtirish lagerlarining yangi mavsumiga tayyorgarlikni yakunladilar. Bu haqda NUZ.UZ xabar qilmoqda.
Huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik I.Ibragimovning aytishicha, Toshkent viloyati hududida 49ta bolalar sog‘lomlashtirish lagerlari joylashgan.
Har bir lagerga dam olayotgan bolalar xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan uch nafardan huquqni muhofaza qilish organi xodimlari biriktiriladi.
Bundan tashqari, lagerlar atrofida IIB xodimlari tomonidan muntazam qo‘riqlash yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, bolalarni lagerga olib kelish va uylariga qaytarib olib borish davomida yo‘l harakati xavfsizligi hamda avtobuslar kolonnasini kuzatib borish ta’minlanadi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.