Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda dam olayotgan o‘zbekistonlik bolalar bilan uchrashdi

© podrobno.uzVizit Shavkata Mirziyoyeva v Turkmenistan
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Turkmenistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmaniston prezidentining taklifiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlaridan 100 nafar bola "Dayanch" bolalar sog‘lomlashtirish markaziga yuborilgandi

TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy tashrifi davomida "Avaza" milliy sayyohlik zonasining "Kamalak" bolalar ko‘ngilochar bog‘ida o‘zbekistonlik bolalar bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

Joriy yilning may oyi boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqotida Turkmaniston prezidenti Kaspiy sohilidagi bolalar sog‘lomlashtirish markazlari o‘zbekistonlik bolalarni qabul qilishga tayyorligini bildirgan edi.

Mazkur taklifga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlaridan 100 nafar bola "Dayanch" bolalar sog‘lomlashtirish markaziga yuborildi.

Shavkat Mirziyoyev bolalar bilan dam olish taassurotlari, turkmanistonlik tengdoshlari bilan do‘stlik munosabatlari to‘g‘risida suhbatlashdi, sog‘lomlashtirish markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

O‘zbekiston prezidenti markazga tashrifi davomida bolalarga sovg‘alar ulashdi.

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi davom etmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0