TOShKENT, 24-may — Sputnik. MDH mamlakatlari xavfsizlik va maxsus xizmatlari rahbarlarini kengashida, Rossiya FSB direktori Bortnikov aytishiga qaraganda, "Islom davlati"ga jiddiy talofatlar yetkazilishiga qaramasdan, terrorchilar o‘zgaruvchan mahalliy muhitga yaxshi moslashib, o‘z kuchlarini juda tezlik bilan tiklab olishmoqda.
"So‘nggi vaqtlarda "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga jiddiy talofatlar yetkazilishiga qaramasdan, uyushma a’zolari o‘zgaruvchan atrof-muhitga yaxshi moslashib, o‘z kuchlarini juda tezlik bilan tiklashmoqda", — dedi FSB direktori.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi juda faol targ‘ibot kompaniyasini amalga oshirmoqda. Ular o‘zlarining ushbu faoliyatida zamonaviy axborot va aloqa vositalaridan keng foydalanishmoqda. Diniy va ijtimoiy yo‘nalishlarda odamlarga ta’sir o‘tkazilib, o‘z qatorlariga jamiyatning turli qatlamlardan odamlarni jalb qilishmoqda, eng muhimi ularni ko‘pchiligini yoshlar tashkil etadi.
"O‘zbekiston, Qirg‘iston, Tojikiston hamda Rossiya xavfsizlik xizmatlarining tezkor harakatlari tufayli qisqa muddat ichida Sankt-Peterburg metrosida portlash sodir etgan xudkush-terrorchining shaxsi aniqlanib, ushbu jinoyatga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarni qo‘lga olindi", — deb ta’kidladi FSB direktori A.Bortnikov.
"Butun jahon ekspertlarning tahliliga ko‘ra, ekstremistik va terrorchilik uyushmalar faoliyatida ishtirok etishga tayyor bo‘lgan ko‘plab odamlar "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi ta’siriga tushmoqda. Ularning ichida MDH mamlakatlari fuqarolari ham bor. Jinoyatchilar ijtimoyi tarmoqdagi turli guruhlar orqali faol targ‘ibot ishlarini amalga oshirmoqdalar" deyilgan RIA Novosti xabarida.
Muhojirlar va migrant ishchilar sifatida terrorchilar MDH mamlakatlariga kirib kelishmoqda. U yerda mahalliy atrof-muhitga moslashib, mahfiy terrorchilik guruhlarini tashkil qilmoqdalar. Bularning barchasi MDH davlatlari xavfsizligiga jiddiy rahna solmoqda" — deb ta’kidladi Bortnikov.
"MDH mamlakatlari xavfsizlik va maxsus xizmatlar tomonidan "halqaro terrorchilik uyushma rahbarlarning rejalari haqida oldindan ma’lumot kelib tushish" tashkil etilgan. Ushbu mamlakatlar maxsus xizmatlarining o‘zaro hamkorligi samarali natijalar bermoqda" — deb qo‘shimcha qildi FSB direktori.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.