O‘zbekistonda xonadon va restoranlarda bitiruv oqshomlari o‘tkazish taqiqlandi

© Sputnik / Aleksey MalgavkoVipuskniki shkoli
Vipuskniki shkoli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vazirligining buyrug‘iga muvofiq shu yilning 25-may kuni respublikadagi barcha umumta’lim maktablarida "Xayr, maktab - salom, kollej!" tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etiladi

TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligining buyrug‘iga ko‘ra, o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan pul yig‘ish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda o‘qituvchilarga turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalarda va banket yoki boshqa marosimlar) o‘tkazish taqiqlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi saytida joylashtirilgan press-relizda ma’lum qilingan.

Unga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligining "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2016-2017 o‘quv yilini yakunlash va "Xayr maktab — salom kollej" tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida"gi buyrug‘iga muvofiq shu yilning 25-may kuni respublikadagi barcha umumta’lim maktablarida "Xayr, maktab — salom, kollej!" tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etiladi.

Nachalo uchebnogo goda v shkolax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Endi maktablarda sinfdagi o‘quvchilar soni 35 tadan ortishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Tadbirlarda mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari, faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, maktabning sobiq bitiruvchilari va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari ishtirok etib, o‘quvchilarga mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida aniq raqamlar va dalillar keltirilgan holda jonli muloqotlar tashkil etiladi.

Tadbirlar gigiyena va tozalik talablari, yong‘in va texnik xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda o‘tkazilishi shart

Vazirlikning yuqoridagi buyrug‘i bilan "Xayr maktab — salom kollej" tadbirlarini, shuningdek, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiiga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan pul mablag‘larini yig‘ish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda o‘qituvchilarga turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalarda va banket yoki boshqa marosimlar) o‘tkazish qat’iyan taqiqlanadi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, Xalq ta’limi vazirligi tizimida 9680 ta umumta’lim maktabi, 4893 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 211 ta "Barkamol avlod" bolalar markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0