Endi maktablarda sinfdagi o‘quvchilar soni 35 tadan ortishiga yo‘l qo‘yilmaydi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishNachalo uchebnogo goda v shkolax Rossii
Nachalo uchebnogo goda v shkolax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bolalarning intellektual rivojlanish jarayonini hisobga olib, ularni 6-7 yoshdan maktabga qabul qilish meyorlariga ham aniqliklar kiritildi

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan anjumanda ta’lim sifati va samaradorligini yuksaltirishga oid amaliy ishlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida so‘z bordi, deb xabar bermoqda "Jahon" AA.

Xabarda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasining umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hamda "Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarorlari o‘qitish tizimini yangi bosqichga ko‘tarishga imkon yaratadi.

Ushbu qarorlarga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim tizimiga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining turlari belgilandi. Davolash-profilaktika maskanlarida statsionar sharoitda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarga bevosita muassasaning o‘zida umumiy o‘rta ta’lim berish tashkil etiladi.

To‘rt yil ichida maktabgacha ta’lim tizimi takomillashtiriladi

Olis aholi punktlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarning sifatli umumiy o‘rta ta’lim olishini ta’minlash maqsadida tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida umumta’lim maskanlarining filiallari tashkil etilib, ularda o‘quvchilar soni 100 nafargacha bo‘ladi. Boshqa umumta’lim maskanlariga yaqinligi hamda moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib, o‘quvchilar soni 180 nafargacha bo‘lgan umumta’lim muassasalari ham filiallarga aylantirilishi mumkin. Tegishli maydonga ega bo‘lgan maktablar sinflarida o‘quvchilar tarkibi 35 nafardan ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga qamrab olish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan ta’lim maskanlariga biriktirilgan hududlar (mikrohududlar) doirasida umumta’lim maskani pedagoglari tomonidan amalga oshiriladi.

Bu maktablardagi o‘quvchilar sonidagi nomutanosiblikka barham beradi. Bolalarning intellektual rivojlanish jarayonini hisobga olib, ularni 6-7 yoshdan maktabga qabul qilish meyorlariga ham aniqliklar kiritildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0