TOShKENT, 23-maya — Sputnik. Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokolsev va O‘zbekiston ichki ishlar vaziri general-mayor Abdusalom Azizov bugun Toshkentda Rossiya va O‘zbekiston orasida 2017-2018 yillar hamkorlik Protokoli imzolashdi.
"Ushbu hujjat huquqni himoya qilish sohasida, Rossiya va O‘zbekiston munosabatlarini kelajakda rivojlanishini belgilaydigan, asosiy hujjat deb qabul qilinadi va u ikki mamlakat hududida sodir bo‘layotgan jinoyatlarga tizimli (bir xil tartibda) munosabatda bo‘lish imkonini beradi", — dedi Vladimir Kolokolsev.
Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokolsevning O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda. Ikki mamlakat huquqni saqlash muassasalari birgalikda mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish hamda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga kelishib olishdi.
Rossiya IIV matbuot xizmati xabariga asosan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.