O‘zbekiston va Belorussiya Bosh prokuraturalari o‘rtasida bitim imzolandi

© prokuratura.gov.byDelegatsiya Generalnoy prokuraturi Respubliki Belarus vo glave s Generalnim prokurorom Respubliki Belarus Konyukom A.V. posetila s rabochim vizitom Generalnuyu prokuraturu Respubliki Uzbekistan
Delegatsiya Generalnoy prokuraturi Respubliki Belarus vo glave s Generalnim prokurorom Respubliki Belarus Konyukom A.V. posetila s rabochim vizitom Generalnuyu prokuraturu Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Belorussiya Bosh prokuraturalari fuqarolar huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlash, noqonuniy qurol muomalasi hamda odam savdosi jinoyatlariga qarshi birgalikda kurashadi.

TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekiston va Belorussiya Bosh prokuraturalari terrorchilik va narkotiklarga qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolashdi.

Ushbu bitim O‘zbekistonga amalga oshirilgan tashrif chog‘ida Belarus Respublikasi Bosh prokurori Aleksand Konyuk tomonidan imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Belarus delegatsiyasi tashrifi davomida O‘zbekiston Bosh prokuraturasida muzokaralar o‘tkazildi. Jinoyi-huquqiy sohada ikki tomonlama hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi", — deyilgan xabarda.

Ushbu bitim doirasida ikki davlat Bosh prokuraturalari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurash,

Vladimir Kolokolsev i Abdusalam Azizov podpisali protokol o vzaimodeystvii mejdu ministerstvami na 2017-2018 godi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston IIVlari 2017-2018 yillarga hamkorlik Protokoli imzolashdi
xususan jinoyatlarning uyushgan shakllari: terrorchilik, korrupsiya, qurol, narkotik vositalar, psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi, noqonuniy migratsiya hamda odam savdosi kabi jinoyatlarga qarshi choralarni hamkorlikda oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, tomonlar o‘zaro tajriba va normativ hujjatlar bilan almashishi ham rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, ikki davlatning prokuratura idoralari orasida tergov tekshiruvlarni o‘tkazish, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Tomonlar jinoyatlarning oldini olish, aniqlash, fosh etish va tergov qilish borasida ma’lumotlar bilan almashish yuzasidan ham kelishuvga erishishdi.

Belarus delegatsiyasi O‘zbekiston Oliy sudiga ham tashrif buyurishdi. U yerda mamlakatda sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishdilar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0