Manchesterdagi portlashda 22 kishi qurbon bo‘ldi

© Paul ELLIS / AFPNa meste terakta v konsertnom komplekse "Manchester Arena"
Na meste terakta v konsertnom komplekse Manchester Arena - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Politsiya xabariga ko‘ra, bu oxirgi 10-yil davomida Britaniya hududida amalga oshirilgan eng katta terakt bo‘lgan. 2005-yilda London metrosida sodir bo‘lgan teraktda 50 kishi qurbon bo‘lgan edi.

TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘tgan tunda Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida joylashgan "Manchester Arena" konsert majmuasida kuchli portlash sodir bo‘ldi, RIA novosti xabariga asosan.

Manchester politsiya dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu terakt natijasida 22 kishi qurbon bo‘lgan va 59 kishi jarohatlangan.

Kecha tunda "Manchester Arena"da amerikalik xonanda Arina Grandening konserti bo‘lib o‘tgan. Portlash konsert tugab odamlar chiqib ketayotganda sodir bo‘lgan.

Britanskiy flag na fone Big-Bena v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya razvedkasi rus tilini biladiganlarga 36000 yevro maosh taklif qilmoqda
Qutqaruv xizmatlarga birinchi qo‘ng‘iroqlar soat 22-35 larda kela boshladi, sal keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda guvohlar tomonidan stadionda ikki dona "portlashga o‘xshagan ovozlashlar eshitilganligi" haqida ma’lumotlar va videolar tarqaldi. Konsertda bolalar ko‘p bo‘lganligi haqida ma’lumot berilmoqda. Shuningdek, ushbu portlash xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan deb tahmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Arena" Yevropa Ittifoqida eng yirik stadion hisoblanib, 21 ming kishiga mo‘ljallangan. Ushbu stadion 1995-yilda ochilgan. Stadionda U2, Rolling Stones, Madonna i Luchano Pavarotti singari taniqli artistlar tomonidan konsert berilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0