Britaniya razvedkasi rus tilini biladiganlarga 36000 yevro maosh taklif qilmoqda

© AFP 2023 / Fabrice CoffriniBritanskiy flag na fone Big-Bena v Londone
Britanskiy flag na fone Big-Bena v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buyuk Britaniyaning ikki razvedka xizmati rus tili, Rossiya tarixi, madaniyati va siyosatini biladiganlarni ishga chaqirdi

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Buyuk Britaniya hukumat aloqa markazi (GCHQ) va MI5 kontrrazvedka xizmati rus tilini biladigan nomzodlarni ishga taklif qilmoqda.

Matbuot - Sputnik O‘zbekiston
AQSh razvedkasi o‘zbek gazetalaridan nima izlagan

GCHQ — Buyuk Britaniyaning radioelektron razvedka olib boruvchi hamda hukumat organlari va armiyasi axborotlari muhofazasi bilan shug‘ullanadi. MI5 — Britaniya kontrrazvedka xizmati bo‘lib, Birlashgan Qirollikni terrorizm, josuslik va ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishi kabi tahdidlardan himoya qiladi.

"Rus tilini bilishingiz siz uchun razvedkada ajoyib faoliyat olib borish imkoniyati ochib berishi mumkin", — deyiladi rasmiy saytdagi e’londa.

Razvedka xizmatida ishlashga rus tili ona tili bo‘lganlar hamda ruschani institutda yoki Rossiyada yashab o‘rganganlar taklif etilmoqda. Nomzodlar shuningdek, Rossiya madaniyati, tarixi va siyosatidan xabardor bo‘lishlari darkor. Imkoniyati cheklanganlar ham o‘z nomzodlarini ko‘rsatishlari alohida ta’kidlangan.

Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tganlar uchun 30 ming 490 funt (36 ming yevro) maosh to‘lanishi aytilgan, deb yozadi Sputnik Latviya.

Yangiliklar lentasi
0