Yuridik universitetga chet ellik talabalar imtihonsiz qabul qilinadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishEkzamen.
Ekzamen. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent yuridik universitetiga 2017-2018 yilda qabul qilinadigan talabalar soni 450 tadan 600 tagacha oshirildi

TOShKENT, 15-maya — Sputnik. 2017-2018 o‘quv yilida Toshkent davlat Yuridik universitetiga qabul qilinadigan talabalar soni oshdi. Bu haqdagi prezident qarori lex.uz saytida chop etilgan.

Shuningdek, ushbu qarorda Toshkent Yuridik universitetiga hujjat topshirgan chet ellik talabalar kvotadan tashqari tartibda, imtihonsiz qabul qilinishi belgilangan. Ular faqat suhbatdan o‘tishi kerak bo‘ladi.  Beligilangan tartibga ko‘ra, chet ellik talabalar to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi va o‘qish pulini xorijiy valyutada to‘lashi kerak bo‘ladi.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, 2017-2018 o‘quv yildida TDUUda bakalavrlar soni, to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar hisobiga 450 tadan 600 tagacha oshirilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0