O‘zbekistondagi bir shahar va uch tuman chegaralarini o‘zgartirish masalasi ko‘riladi

© Gazeta.uzZdanie senata Respubliki Uzbekistan
Zdanie senata Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis Senatining o‘ninchi yalpi majlisi kun tartibiga Xiva shahri va Xiva tumani, Zomin va Zarbdor tumanlari chegaralarini o‘zgartirish haqidagi masalalar kiritilgan

TOShKENT, 23-may — Sputnik. 27 may kuni Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda 22-may kuni Senat kengashi majlisida qaror qabul qilindi, deb yozadi uz24.uz.

Xiva va Shahrisabz viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarga aylantirildi

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirish, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirish Davlat dasturini izchillik bilan amalga oshirishga qaratilgan bir qator qonunlar kiritiladi.

Majlis kun tartibiga Xiva shahri va Xorazm viloyatining Xiva tumani chegarasini o‘zgartirish va Xiva, Shahrisabz shaharlarini viloyat tasarrufidagi shaharlar toifasiga kiritish, Jizzax viloyatidagi Zomin va Zarbdor tumanlari chegaralarini o‘zgartirish haqidagi masalalar kiritilgan.

Yalpi majlisda senatorlar bir qator xalqaro kelishuvlar va konvensiyalarni ratifikatsiyalash haqidagi qonunlarni, jumladan O‘zbekiston Respublikasining "O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik haqidagi kelishuvni ratifikatsiyalash to‘g‘risida"gi qonunni ko‘rib chiqadilar.
Majlisda Senat vakolatiga tegishli boshqa bir qator masalalarni ko‘rib chiqish ham rejalashtirilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0