Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

Obuna bo‘lish
Manchester shahridagi terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘ldi

TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi bosh vaziri Tereza Mey nomiga Manchester shahridagi terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik maktubi yo‘lladi.

Na meste terakta v konsertnom komplekse Manchester Arena - Sputnik O‘zbekiston
Manchesterdagi portlashda 22 kishi qurbon bo‘ldi

"Davlatimiz rahbari o‘z maktubida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi, barcha jarohat olganlarga esa tez orada sog‘ayishni tiladi», deyiladi TIV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Manchester shahrida amerikalik pop-qo‘shiqchi Ariana Grandening konsertidan so‘ng 23-mayga o‘tar kechasi portlash yuz berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Manchester Arena stadionidagi portlashda 22 kishi halok bo‘ldi va 59 kishi jabrlandi.

Yangiliklar lentasi
0