TOShKENT, 22-may — Sputnik. Xivada Nurillaboy majmuasiga kiruvchi binolarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha takrorlanmas loyiha amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
O‘zbekiston hukumatining ushbu loyiha haqidagi qarori bir necha kun oldin qabul qilingan edi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, loyihning asosiy maqsadi — bu kelgusida sayohlikni rivojlantirish, tarixiy obidalarning arxitekturasi saqlash, o‘zbek xalqining boy tarixiy merosi va milliy madaniyatini keng targ‘ib qilishdir.
Barcha ishlarni tugatish 2017-yil yakuniga qadar rejalashtirilgan. Rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun Milliy bank tomonidan mablag‘ ajratiladi. Barcha rekonstruksiya qilinadigan obyektlar "0" stavka bo‘yicha Milliy bank hisobiga ijaraga olinadi. Jumladan, O‘zbekiston TIF milliy banki tomonidan Nurillaboy saroy majmuasida mehmonlarni qabul qilish uyi, amfiteatr, galereya, hunarmandlar ustaxonalari va milliy oshxona restorani tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Nurillaboy majmuasi 1893-1904-yillar oralig‘ida Xiva Xoni Muxammad Rahimxon II tomonidan o‘g‘li shaxzoda Isfandiyorxon sharafiga qurilgan. Otasining o‘limidan so‘ng Isfandiyor xon xorijlik mexmonlarni qabul qilish uchun qo‘shimcha qasr qurdirgan. Bu qasr Xivadagi xonlar qarorgoxlaridan o‘zining dizayni va arxitekturasi bilan tubdan farq qiladi.
Qasr qurilishida Sharqona va Yevropacha uslub aralashgan. Xonalar dizayni bir-biridan keskin farq qiladi. Rus uslubidagi kamin, katta keng oynalar va sharqona uslubda geometrik naqshlar va gullar bezalgan turfa rang shiftlar. Qasrning balanda eshik va oynalari nemis mennonitlari qabilasi duradgorlari tomonidan yasalgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.