TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘sh viloyatining O‘zgan tumanida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 30ta uy va 35ta tayanch elektr uzatish liniyalari tuproq ostida qoldi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston FVV xabariga tayanib.
Tuproq ko‘chishi bugun mahalliy vaqt bilan soat 14.30da yuz bergan.
"Hech kim jabrlanmadi, mahalliy aholi ko‘chkidan avval xavfsiz joylarga ko‘chirilgandi", — deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.
Ilgariroq O‘sh viloyati hokimiyati vakili Taalaybek Saribashev yaqin-atrofdagi qishloqlarning aholisi ko‘chki haqida ogohlantirilgani va xavfsiz joylarga ko‘chirilgani haqida ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 29-aprel kuni ham O‘zgan tumanida ko‘chki sodir bo‘lishi oqibatida 11ta uy tuproq ostida qolgan va 24 kishi halok bo‘lgandi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.