Toshkentda bir haftada 8 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishKamera fiksatsii narusheniy na doroge
Kamera fiksatsii narusheniy na doroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxt ko‘chalarida o‘rnatilgan videokameralar 4201 marotaba qizil chiroqqa bo‘ysunmaslik va 3877-marta tezlikni oshirish holatlarini qayd qilgan.

TOShKENT, 21-maya — Sputnik. Toshkent ko‘chalarida o‘rnatilgan videoqayd kameralari o‘tgan hafta davomida 8078 marotaba YHQ buzish holatlarini aniqlagan.  

Shundan qizil chiroqqa o‘tish holati 4201-martani, tezlikni oshirish holati 3877-martabani tashkil qilgan.

Hyundai Elantra avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
IIV: YHXB xodimlari qoidabuzarlik uchun avtomobil raqamini yechib olish huquqiga ega

Toshkent shahar IIBB YHX nazorati xizmati xodimlari tomonidan 17560 qoidabuzarlik aniqlangan. Undan tashqari poytaxt ko‘chalarida 22 YTH sodir bo‘lgan,  5 kishi qurbon bo‘lgan va 17 kishi jarohatlangan.

Toshkent shahar IIBB YHX nazorati xizmati kameralar o‘rnatilganidan keyin shahar ko‘chalarida qoidabuzarliklar va YTHlar soni 2 baravar kamayganini qayd qilmoqda. 2016-yilning aynan shu davrida 34 ta YTH sodir bo‘lib, ularda 5 kishi qurbon bo‘lgan va 48 kishi jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz Toshkent ko‘chalarida videoqayd kameralari 15-martdan boshlab ishlay boshladi. Hozircha kameralar qizil chiroqqa o‘tish va harakat tezligini oshirish kabi qoidabuzarliklarni qayd qilmoqda.

Podrobno.uz xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0